To‘kin bozorlarda bayram shukuhi
FOTOREPORTAJ
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Namangan viloyatining Chortoq tumanida bayram shukuhi har qadamda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, tuman bozorlaridagi to‘kinchilik, sermahsul rastalar va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yurtimizdagi farovon hayotning yorqin ifodasidir.
Ayni kunlarda aholi dasturxonini yanada to‘kin qilish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ularda turli xil mahsulotlar aholiga qulay narxlarda taklif qilinayapti.
[gallery-31074]
Yangi o‘quv yili arafasida tashkil etilgan maktab yarmarkalarida ham aholi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ota-onalar farzandlari uchun maktab formalari, daftar, ruchka va boshqa o‘quv qurollarini qulay narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Muxtasar aytganda, bayram yurtimizda ko‘tarinki kayfiyat, bozorlardagi to‘kinchilik, xonadonlardagi fayzu baraka va ko‘ngillardagi shukronalik bilan qarshi olinmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA