Tojikiston Bosh vaziri Toshkentga keldi
16-iyun kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Uchrashuvdan so‘ng hukumat rahbarlari va delegatsiya a’zolari poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilayotgan joyga yo‘l oldi.

Tashrif doirasida Tojikiston Respublikasi delegatsiyasining forum tadbirlarida ishtirok etishi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Aziza Alimova, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA