Tinimsiz harakat orqali istalgan maqsadga erishish mumkin
Yoshlar ijod saroyida favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikramov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tizimdagi yosh harbiy xizmatchilar, qutqaruvchilar, volontyorlar hamda mahalla yoshlari bilan uchrashdi.
Tadbirda vazir A.Ikramov yoshlarga qat’iy intizom, doimiy bilim olish va tinimsiz harakat orqali istalgan maqsadga erishish mumkinligini ta’kidladi.
Alisher Sa’dullayev yoshlarga marrani katta qo‘yish, doim bilimli insonlar davrasida bo‘lish va muntazam kitob o‘qishni tavsiya qildi.

Ishtirokchilar sohaga oid xorij tajribasi, volontyorlik faoliyati, sun’iy intellekt va tizimni raqamlashtirish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Uchrashuvda yoshlarning sun’iy intellekt, raqamlashtirish va volontyorlikka oid loyihalari eshitilib, ularni amaliyotga joriy etish belgilab olindi. Yakunda sohada alohida ajralib turgan yosh qutqaruvchilar, ularning ota-onalari hamda faol volontyorlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
G.Boboyeva,
O‘zA