Terini qayta ishlovchi korxona
Ayni paytda korxonada 30 nafar kishining bandligi taʼminlangan.
Nukus shahridagi “Orient Technology” masʼuliyati cheklangan jamiyati terini qayta ishlashga ixtisoslashgan.
Bu yerda ilgʻor texnologiyalar yordamida chorva mollari terisi qayta ishlovdan oʻtkazilib, qalinligi turli oʻlchamdagi tabiiy yarim tayyor mahsulot tayyorlanmoqda. Sifatli ishlov berilgan xomashyoga nafaqat mahalliy, balki, xorijiy davlatlar ishlab chiqarish korxonalaridan buyurtmalar kelib tushmoqda.
Ayni paytda korxonada 30 nafar kishining bandligi taʼminlangan.



