“Tashabbusli sport” loyihasida kimlar g‘oliblikka erishdi?
Ma’lumki, joriy yilning 21-31-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov e’lon qilingandi.
Sport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu yilgi mavsumda o‘z mahallasida sport maydonchasini qurish uchun respublikamiz bo‘ylab 3 153 ta mahalla uchun jami 1 524 506 ta ovoz yig‘ildi.

Ushbu raqamlar hududlar kesimida tahlil qilinganda Qashqadaryo viloyati 246 990 ta, tumanlar kesimida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 43 051 ta, mahallalar kesimida esa Andijon viloyati Baliqchi tumani Kattabuloq mahallasi aholisi jami 21 545 ta ovoz to‘plab, mamlakatning eng peshqadam hududlari nomiga sazovor bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA