"Tashabbusli byudjet" muammolarni hal etmoqda
Fuqarolar faolligining yorqin namunasi bo‘lgan “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yilgi 2-mavsumi uchun Farg‘ona shahar fuqarolari tomonidan 210 ta taklif kiritilgan edi.
Yakunda eng ko‘p ovoz to‘plagan dastlabki 7 ta taklif g‘olib bo‘ldi.
Quvonarlisi, joriy mavsumda shahardagi jami 320 ming aholining 64 foiz, ya’ni 205 ming nafari ovoz berish jarayonlarida ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalarni hal qilish uchun tegishli mablag‘ni talab qilish imkoniyatidan foydalandi.
[gallery-13608]
Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi “Tashabbusli byudjet” ning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishi natijasida 6885 nafar ovoz to‘pladi hamda muassasaga 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmatini yanada yaxshilash maqsadida tibbiyot markazining 4 qavatli poliklinika binosini kapital ta’mirlash uchun maqsadli sarflanadi.
G‘oliblar qatorida Farg‘ona shahridagi 5-umumta’lim maktabi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi viloyat bo‘limlari, shahar bolalar shifoxonasi, “Yoshlar sayilgoh ko‘chasi” va “Yoshlar ijod bog‘i”, 2-oilaviy poliklinika jamoasining ham quvonchi cheksiz.
O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon QODIROV olgan suratlar