Taekvondochilarimiz 4 ta medalga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston taekvondochilari Pokistondagi Prezident kubogini 4 ta medal bilan boshladi.
Pokistonning Lahor shahrida taekvondo WT bo‘yicha “World Taekwondo President’s Cup – Asia” musobaqasining kyorugi yo‘nalishidagi bahslar boshlandi.
Musobaqaning dastlabki kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, sovrindorlar safidan joy oldi.
Kumush medallarga 74 kilogramm vazn toifasida Naҗmiddin Qosimhojiyev, 62 kilogrammda Diyora Azizova hamda +73 kilogramm vazn toifasida Svetlana Saidova sazovor bo‘ldi.
+87 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Marat Mavlonov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa yurtdoshlarimiz nufuzli musobaqani 4 ta medal bilan boshladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA