Sevil Yo‘ldosheva ikkinchi bosqichga chiqdi
Belgiyada o‘tayotgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Sevil Yo‘ldoshevaning muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda. U ilk bahsda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi uni yanada jiddiy sinov kutmoqda.
Belgiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan xotin-qizlar o‘rtasidagi “BNP Paribas Fortis Ladies Open – 2026” turnirining yakkalik bahslarida hamyurtimiz Sevil Yo‘ldosheva nimchorak finalga yo‘l oldi.
Tajribali tennischimiz musobaqaning asosiy to‘ridagi birinchi uchrashuvini Janubiy Afrika vakili Jani Zilga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bahsda Sevil Yo‘ldosheva 1:6, 6:4, 6:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Endi tennischimiz chorak final ostonasida gretsiyalik Marianna Argirokastriti va neytral maqomdagi Mariya Andriyenko bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, “BNP Paribas Fortis Ladies Open – 2026” turnirining yakkalik bahslarida g‘olib bo‘lgan tennischi 2 ming 352 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda 15 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA