Taekvondo ITF: Jahon kubogidagi medallarimiz soni 30 taga yetdi
Qozog‘istonning Turkiston shahrida taekvondo ITF bo‘yicha o‘tkazilayotgan Jahon kubogi-2026ning dastlabki kunlardagi musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 30 ta medalni qo‘lga kiritdi.
AQSH, Rossiya, Hindiston, Shimoliy Koreya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston kabi mamlakatlarning mahoratli sportchilari bilan kechgan shiddatli bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari 16 ta oltin, 8 ta kumush va 9 ta bronza medallariga egalik qildi.

25 ta davlatning 700 nafardan ziyod yosh taekvondochilari ishtirok etayotgan jahon kubogi bahslari 3-oktabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA