Suxrob Xo‘jayev — Osiyo o‘yinlari g‘olibi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining yengil atletika bahslari sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Jumladan, qit’amizning eng nufuzli musobaqalaridan biri bo‘lgan Osiyo o‘yinlarining bosqon uloqtirish bahslarida yengil atletikachimiz Suxrob Xo‘jayev 74,38 metr natija qayd etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz medallari 7 ta oltin, 15 ta kumush va 9 ta bronzani tashkil etib, jami 31 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA