Osiyo o‘yinlari: 26-sentabr — O‘zbekiston medallar sari
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining yettinchi kun bellashuvlari ertaga, 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator sport turlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu kunda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari yengil atletika, kamondan otish, o‘q otish, qilichbozlik, sinxron suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, gandbol, boks, og‘ir atletika, ot sporti hamda chim ustida xokkey bo‘yicha bahslarga kirishadi.
26-sentabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
Yengil atletika: 03:30 — erkaklar, marafon, final — Shohruh Davlatov.
05:05 — erkaklar, o‘nkurash — Zahiriddin Shokirov.
07:55 — erkaklar, 200 metr, saralash — Sultonbek G‘ofurjonov.
15:55 — ayollar, 200 metr, saralash — Laylo Allaberganova.
16:10 — ayollar, 200 metr, saralash — Jonbibi Hukmova.
16:35 — erkaklar, uch xatlab sakrash, final — Ibrohim Mahkamov.
17:45 — ayollar, 400 metr, final — Jonbibi Hukmova.
18:15 — ayollar, 1500 metr, final — Sabohat Samijonova.
Kamondan otish: 04:00 — erkaklar, yakkalik saralashi — Amirxon Sodiqov, erkaklar, an’anaviy dastur, saralash — O‘tkirjon Hoshimov, Bekzod Boborajabov, erkaklar, an’anaviy dastur, jamoaviy saralash — Amirxon Sodiqov, O‘tkirjon Hoshimov, Bekzod Boborajabov.
08:30 — ayollar, an’anaviy dastur, saralash — Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva hamda Malika Anvarjonova,
Ayollar, an’anaviy dastur, jamoaviy saralash — Ziyodaxon Abdusattorova, Malika Anvarjonova, Nilufar Hamroyeva, an’anaviy dastur, mikst, saralash — O‘zbekiston.
O‘q otish: 05:45 — ayollar, 50 metr masofaga pnevmatik quroldan o‘q uzish, saralash — Muhtasar Tohirova.
Qilichbozlik: 06:30 — erkaklar, sablya, jamoaviy bahs — O‘zbekiston – Vetnam.
Sinxron suzish: 07:00 — texnik duyet, final — Violetta Yevenko, Anastasiya Baxtireva.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish: 07:30 — ayollar, 500 metr, A final — Arina Tanatmisheva.
07:50 — mikst, 500 metr, A final — Vladlen Denisov, Nilufar Zokirova.
Gandbol: 08:30 — ayollar — Qozog‘iston – O‘zbekiston.
Boks: 08:30 — ayollar, 60 kilogramm — Sitora Turdibekova – Xa Txi Lin (Vetnam).
09:00 — erkaklar, 55 kilogramm — Samandar Olimov – Kangpi Boxuntod (Tailand).
Og‘ir atletika: 09:30 — erkaklar, 70 kilogramm, final — Adhamjon Ergashev.
13:00 — erkaklar, 75 kilogramm, final — Diyorbek Ro‘zmetov.
Ot sporti: 11:05 — ayollar, ot yo‘rttirish, saralash — Alina Shevsova.
Chim ustida xokkey: 15:00 — erkaklar — O‘zbekiston – Xitoy.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA