"Sportning atom energiyasi" g‘oliblari taqdirlandi
Jizzaxda raqamli sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Sportning atom energiyasi” musobaqalari O‘zbekiston va Rossiyada fidjital yo‘nalishga qiziqadigan maktab o‘quvchilari, talabalar, yoshlarni bir maydonda jamladi.
Fidjital-basketbol, fidjital-futbol, kiber basketbol, kiber futbol, algoritm programma, sounter-strike yo‘nalishlarini qamrab olgan turnirda 350 dan ortiq yosh sportchilar hamda IT sohasi vakillari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Yangi davr sporti sanalgan basketbolning fidjital yo‘nalishida yuqori tayyorgarlik, strategik fikrlash va jamoaviy hamjihatlikning yaqqol ifodasi sifatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi g‘oliblikka erishdi.
Joriy yilning iyul–avgust oylarida Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari – 2026” musobaqalariga tayyorgarlikning muhim bosqichi sanalgan “Sportning atom energiyasi” musobaqalari fidjital sport turlarini yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli sanaladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA