Sport: Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish institutida "Korrupsiyaviy jinoyatlar tavsifi va turlari" va "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunning mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Sport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Shaymuradov, institut rektori A.Amonov hamda institut professor-o‘qituvchilari, mutaxassislar ishtirok etib, sport sohasida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy jinoyatlar tarkibiga kiruvchi huquqbuzarliklar va ularning turlari, oqibatlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.


Boshqa sohalar singari sportda yuksak natijalarga erishishda, o‘tkazilayotgan musobaqalar, olib borilayotgan keng qamrovli sa’y-harakatlarda samaradorlikka erishishda o‘z xizmat vazifalariga halol va vijdonan yondashish, yo‘nalishlarda shaffoflikni ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA