Para kanoechilarimiz Osiyo chempionatining ilk kunida 4 ta medalli bo‘ldi
Shu kunlarda Qozog‘istonning Turkiston shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Kecha musobaqaning dastlabki kuni doirasida tashkil etilgan bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari 3 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Murosasiz bahslarda matonatli sportchilarimizdan Irodaxon Rustamova (VL2, 200m), Shahzoda Mamadaliyeva (VL3, 200m), Azizbek Abdulxabibov (KL2, 200m) oltin, Oybek Yo‘ldoshev (KL2, 200m) bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Aytish lozim, to‘rt kun davom etadigan qit’a birinchiligida 16 ta mamlakat sportchilari g‘oliblik yo‘lida kurash olib bormoqda.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA