Sport gimnastikachilarimiz Osiyo chempionati finalida
Xitoyning Szuni shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar munosib ishtirok etmoqda.
Qit’aning eng nomdor gimnastikachilari ishtirok etayotgan mazkur qit’a chempionatining ortda qolgan ko‘pkurashning alohida dasturlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari final bosqichiga yo‘l oldi.
13-qit’a chempionatining dastakli ot dasturida terma jamoamiz a’zolari O‘tkirbek Jo‘rayev va Habibullo Ergashev hamda tayanib sakrash dasturida qatnashgan Abdulaziz Mirvaliyev saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chempionatning final musobaqalari 20-21-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA