Shvetsiya jahon chempionatini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi
Yakuniy hisob 5:1 va Shvetsiya 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionatining birinchi tur bahslari davom etmoqda.
Monterrey stadionida "F" guruhi vakillari Shvetsiya va Tunis terma jamoalari bahs olib bordi. Uchrashuvda shvedlar tezkor gol urishning uddasidan chiqdi. O‘yinning 7-daqiqasida Yasin Ayari gol urib, hisobni ochdi. 30-daqiqaga kelib, Aleksander Isak oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi bo‘lim yakunida esa Omar Rekik hisobni qisqartirdi 2:1. Bellashuvning 59-daqiqasida Viktor Gyokeresh ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 86-daqiqaga kelib, zaxiradan maydonga tushgan Mattias Svanberg gol urib, hisobni yiriklashtirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 6-daqiqada esa Yasin Ayari dublni rasmiylashtirib, uchrashuvga so‘nggi nuqtani qo‘ydi. Yakuniy hisob 5:1 va Shvetsiya 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.