Turkiya OAVlari terma jamoani qattiq tanqid qildi
Turkiyani musobaqadagi eng kuchsiz jamoalardan biri bo‘lgan Gaiti bilan taqqoslashdi.
Jahon chempionati–2026 ikkinchi turida Paragvayga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan Turkiya milliy terma jamoasi pley-offga chiqish imkoniyatini muddatidan avval yo‘qotdi.Mazkur natijadan so‘ng Turkiya ommaviy axborot vositalari terma jamoa o‘yinini keskin tanqid qildi.
«Hürriyet» nashri mag‘lubiyatni «achchiq xayrlashuv va katta umidsizlik» deb atagan bo‘lsa, «Yeni Şafak» chempionatni Turkiya uchun «haqiqiy dahshat» sifatida baholadi.«Fanatik» gazetasi esa jamoaning ikki o‘yinda ham gol ura olmaganiga e’tibor qaratib, Turkiyani musobaqadagi eng kuchsiz jamoalardan biri bo‘lgan Gaiti bilan taqqosladi.«Habertürk» nashri Turkiyaning 24-yillik tanaffusdan keyingi jahon chempionatidagi ishtiroki juda qisqa davom etganini ta’kidlagan bo‘lsa, «Takvim» gazetasi «2 o‘yin, 62 zarba, 0 gol, 0 ochko — xayr!» sarlavhasi bilan chiqdi.
Shu tariqa, katta umidlar bilan musobaqaga yo‘l olgan Turkiya terma jamoasi guruh bosqichidayoq turnirni tark etdi.