Shumanayda 90 o‘rinli yangi bog‘cha qurilmoqda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi “Aqjap” ovul fuqarolar yig‘ini hududida davlat investitsiya dasturi asosida 90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 5 milliard 858,6 million so‘mni tashkil etadi.
Qurilish ishlari “Perspektiva Montaj Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilmoqda. Ayni paytda ob’ektda temir-beton, g‘isht terish va suvoq ishlarining asosiy qismi yakunlanib, tom yopish, ichki elektrmontaj hamda tashqi pardozlash ishlari davom ettirilmoqda.
[gallery-30237]
Qurilishga 50 nafarga yaqin ishchi va bir nechta maxsus texnika jalb qilingan. Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu esa mahalladagi 90 nafar bolaning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishiga xizmat qiladi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA