Sambochilarimiz Jahon kubogida qatnashmoqda
Bugun, 11-aprel kuni Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha navbatdagi jahon kubogi bahslari boshlandi.
21 ta davlatning 290 nafar sportchilari samboning sport, jangovar va ko‘zi ojizlar (S-1 yo‘nalishi) yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda.
Bugun kun davomida o‘tkaziladigan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar sambochisi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Xususan, -64 kilogrammda Charos Ortiqova, -64 kilogrammda Isoqjon Abdurahmonov, -79 kilogrammda Qosim Safarqulov va -98 kilogrammda O‘lmas Rayimov vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Jahon kubogi musobaqalari 12-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA