Samarqandda sport oyligi boshlandi
Mamlakatimiz boʻylab tashkil etilayotgan sport oyligi tadbirlar Samarqand viloyatida ham boshlandi.
Mamlakatimiz boʻylab tashkil etilayotgan sport oyligi tadbirlar Samarqand viloyatida ham boshlandi.
Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida oʻtkazilgan oylikning tantanali ochilish marosimida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Sh.Roʻziyev, viloyat sport faxriylari kengashi rahbari H.Rofiyev va boshqalar mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, ushbu oylikni yanada samarali tashkil etish haqida soʻz yuritdi.
Tadbir doirasida oʻzbek jang sanʼati, milliy kurash, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, sambo, boks, badiiy va sport gimnastikasi, qilichbozlik, yengil atletika, futbol kabi sport turlari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qism maxsus otryadining chiqishlari yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Sport oyligi bir oy mobaynida barcha sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi.

