Rossiya davlat idorasi kiber hujumga uçradi
Rossiya davlat statistika idorasi – "Rosstat" öz raqamli tizimi va veb-sayti puxta rejalaştirilgan kiber hujumga uçraganini maʼlum qildi.
Hodisa uçun javobgarlikni “Belorussiya kiber partizanlari” va “Silent Crow” xakerlik guruhlari zimmasiga olgan. Hujumçilar idora tizimidan 23 terabayt hajmdagi, jumladan Rossiya va Ukraina uruşida körilgan yöqotiş töğrisidagi maʼlumot, demografik statistika va maxfiy hujjatlar öğirlaganini taʼkidlamoqda.
“Rosstat” vakillari esa xavf vaqtida aniqlangani va heç qanday maxfiy axborot sizib çiqmaganini bildirdi. Şunga qaramay, hujum payti idoraning asosiy veb-sayti vaqtinça işlamay qolgan.
Eslatib ötiş joiz, uşbu xakerlik guruhlari ilgari “Aeroflot” va “Rosreyestr” kabi yirik taşkilotlar tizimiga uyuştirilgan hujum bilan tanilgan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA