Kiçik şahardan sunʼiy intellekt markaziga: Xitoyning Uçjen tajribasi
Sunʼiy intellekt sohasidagi taraqqiyot köpinça yirik megapolislar, nufuzli universitetlar va ulkan ilmiy markazlar bilan boğliq holda tasavvur qilinadi. Biroq Xitoyning Çjetszyan provinsiyasidagi Tunsyan şahri tajribasi bu borada hududning katta-kiçikligi emas, balki mavjud imkoniyatlardan qay darajada samarali foydalaniş muhimligini körsatmoqda. Aholisi bir milliondan sal ziyod bölgan uşbu şaharda sunʼiy intellektning turli yönalişlarida faoliyat yurituvçi yettita ixtisoslaşgan kompaniya şakllangan.
Ular birgalikda “Uçjenning yetti kompaniyasi” nomini olgan. Bu esa hududda zamonaviy texnologiyalar sanoatini rivojlantirişga qaratilgan izçil yondaşuv natijasidir.
Tunsyan şahridagi 28 kilometrlik Uçjen prospekti bugun şunçaki transport yöli emas, balki ilmiy-texnologik taraqqiyot markaziga aylangan. Şahar hududining atigi 16 foizini egallagan mazkur yönalişda malakali mutaxassislarning 60 foizdan ortiği va yuqori texnologiyali korxonalarning yarmidan köpi jamlangan. Şahar iqtisodiyotining qariyb yarmi ham şu hudud hissasiga töğri keladi.
Qiziği, ön yil avval bu yerlarda asosan qişloq xöjaligi yerlari va çorvaçilik xöjaliklari bölgan. Bugun esa ularning örnida zamonaviy texnologik parklar qad rostlagan, uçuvçisiz avtomobillar harakatlanmoqda, robotlar turli vazifalarni bajarmoqda.
Uçjenda şakllangan yettita kompaniya sunʼiy intellekt sanoatining turli yönalişlarida iş olib bormoqda. Jumladan, FREETECH avtomobillarni intellektual boşqariş tizimlari, Shangyuan Zhixing aqlli avtomobil şassilari, Sainade va Xinshengji jismoniy muhitda harakatlanuvçi sunʼiy intellekt yeçimlari, Shuhan Technology sanoat sunʼiy intellekti, Dayan Technology taktil seziş texnologiyalari, Xinhan Intelligence esa mikrosxemalarni sovitiş tizimlarini işlab çiqişga ixtisoslaşgan.
Ularning faoliyati bir-birini töldirib, hududda sunʼiy intellekt sanoatining özaro boğliq yönalişlarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
Aslida, Tunsyanning bugungi texnologik qiyofasi bir kunda şakllangani yöq. Şahar Xançjou – Szyasin – Xuçjou tekisligining markaziy qismida joylaşgan bölib, Şanxay, Xançjou va Suçjou kabi yirik iqtisodiy markazlar bilan qulay transport aloqalariga ega. Bu esa unga Yanszi daryosi deltasi hududidagi kadrlar, sarmoya, texnologiya va işlab çiqariş imkoniyatlaridan foydalaniş şaroitini yaratgan.
2014-yilda Uçjenda Butunjahon internet konferensiyasining ilk yiğilişi ötkazilib, şahar uşbu xalqaro tadbirning doimiy ötkaziliş joyiga aylandi. Natijada xalqaro internet kompaniyalari, investorlar va texnologik loyihalar vakillarining eʼtibori mazkur hududga qaratildi.

Tunsyan bu imkoniyatdan samarali foydalanib, konferensiya doirasidagi aloqalarni amaliy hamkorlikka aylantirişga kirişdi. “Uçjen kubogi” tanlovi, “Uçjen Roadshow” loyihalar taqdimoti kabi tadbirlar taşkil etildi. Şu tariqa istiqbolli ğoyalarni aniqlaş, ularni sarmoyadorlarga taqdim etiş va işlab çiqarişga joriy qilişni qamrab olgan tizim şakllandi.
Ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalaştiriş, yangi korxonalarni taşkil etiş va tadbirkorlarga qulay şaroit yaratişga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Masalan, FREETECH kompaniyasi boşqaruvi raisi Çjan Lin 2016-yilda Uçjendagi konferensiyada iştirok etgaç, öz kompaniyasini şu hududda joylaştirişga qaror qilgan. Öşa paytda atigi 20 nafar xodimdan iborat bölgan jamoa bugun yillik daromadi ikki milliard yuandan oşadigan sohadagi yirik kompaniyalardan biriga aylangan.
Texnologik taraqqiyot faqat ğoya va sarmoya bilan çeklanmaydi. Buning uçun malakali kadrlar, ilmiy salohiyat va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaydigan muhit ham zarur.
Tunsyanda uşbu omillarni birlaştirişga qaratilgan çoralar körilgan. Uçjen prospekti böylab mutaxassislar uçun 4 ming 200 dan ziyod xonadon qurilgan. Boşqa hududlardan kelib, bu yerda faoliyat boşlamoqçi bölgan korxonalarga esa röyxatdan ötiş, ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş, yer maydonlari ajratiş kabi jarayonlarda kompleks kömak körsatiladi.
Şuningdek, Uçjen laboratoriyasi va Şanxay Szyaotun universitetining Tunsyandagi ilmiy-tadqiqot instituti kabi platformalar taşkil etilgan. Ular ilmiy izlanişlar, yangi texnologiyalarni işlab çiqiş va ularni amaliyotga joriy etişda muhim örin tutmoqda.
Şaharda turli ilmiy muassasalar va korxonalarning tadqiqot imkoniyatlarini birlaştirişga qaratilgan hamkorlik tizimi ham yölga qöyilgan. Bu esa alohida innovatsion markazlarni özaro boğlangan texnologik klasterga aylantiriş imkonini bergan.

Masalan, FREETECH kompaniyasi işlab çiqqan avtomobil algoritmlarini Shangyuan Zhixing korxonasining uçuvçisiz avtomobillariga joriy etiş jarayoni mahalliy hamkorlik orqali tezlaştirilgan. Bu misol bir hududda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning özaro tajriba va texnologiya almaşinuvi qançalik muhimligini körsatadi.
Tunsyan tajribasining yana bir eʼtiborli jihati şundaki, şaharda zamonaviy texnologiyalarni rivojlantiriş anʼanaviy işlab çiqariş tarmoqlarini çetga suriş hisobiga amalga oşirilmagan.
Hudud azaldan ipakçilik, kimyoviy tola, şişa tolasi, töqimaçilik va kiyim-keçak işlab çiqariş kabi sohalar bilan tanilgan. Yillar davomida töplangan işlab çiqariş tajribasi bugun yangi texnologiyalar uçun muhim asos bölib xizmat qilmoqda.
Bunga Dayan Technology kompaniyasi faoliyati misol böla oladi. Korxona taktil seziş imkoniyatiga ega qölqoplar işlab çiqariş jarayonida qalinligi atigi 0,5 millimetr bölgan matoga datçiklarni joylaştiriş muammosiga duç kelgan. Yeçim esa mahalliy töqimaçilik korxonalarida özlaştirilgan maxsus işlov beriş texnologiyasi orqali topilgan.
Yaʼni anʼanaviy sanoatda şakllangan bilim va tajriba yangi texnologik mahsulot yaratişda qöl kelgan. Ayni paytda zamonaviy texnologiyalar ham mavjud işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş, uning raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Bu yondaşuv Tunsyanda iqtisodiyotning turli tarmoqlari örtasidagi hamkorlikni kuçaytirib, yangi ösiş imkoniyatlarini yuzaga keltirgan.
Körilgan çoralar natijasida şahar iqtisodiyotida ham sezilarli ösiş kuzatilgan. 2025-yilda Tunsyanning yalpi hududiy mahsuloti 140 milliard yuandan oşgan. Bu körsatkiç 2014-yilga nisbatan ikki barobardan ziyod ösişni anglatadi.
Bugun “Uçjenning yetti kompaniyasi” misolida Tunsyan tajribasi yana bir muhim jihatni namoyon etmoqda: texnologik taraqqiyot uçun faqat yirik şahar maqomi yoki katta hudud emas, balki mavjud imkoniyatlarni töğri birlaştiriş, ilm-fan va işlab çiqariş hamkorligini yölga qöyiş, innovatsiyalarni izçil qöllab-quvvatlaş ham muhimdir.
Tunsyandagi özgarişlar esa sunʼiy intellekt asosida şakllanayotgan yangi iqtisodiy muhitning hali dastlabki bosqiçi, xolos.
Nilufar Bozorova, ÖzA