Ramazon – mehr-oqibat ayyomi
Yurtboshimizning mamlakatimizda Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qaroriga binoan joylarda obodonchilik, har xil xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Ramazon hayiti munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida ham xayriya tadbirlari o‘tkazilib, kam ta’minlangan, yordamga muhtoj, nogiron va bemor insonlarga oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika vositalari berildi.

Viloyatdagi iqtisodiy majmuiga kiruvchi tashkilotlar tashabbusi bilan 100 ga yaqin xonadonga borilib, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan kishilar va bemorlar holidan xabar olinib, ularga moddiy jihatdan ko‘maklashildi.
Bu esa yurtimizda inson qadri ulug‘, har bir kishi e’tibor va g‘amxo‘rlik qurshovida ekanligining amaldagi ifodasidir.
O‘zA