Qizamiqqa qarshi emlanmaslik og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi (+video)
Oddiy qizamiq bolaning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkinligini bilasizmi?
Ko‘pchilik qizamiqni bir necha kunlik toshma va isitma bilan o‘tib ketadigan kasallik deb o‘ylaydi. Ammo shifokorlar ogohlantirmoqda: qizamiq yillar o‘tib ham og‘ir asorat qoldirishi mumkin.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda qizi qizamiqdan keyin SSPE — sklerozlashgan subakut panensefalit kasalligiga chalingan ota murojaati keng muhokama qilinmoqda. Bu kasallik bosh miyani zararlab, nogironlik va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Xo‘sh, SSPE nima? U qanchalik xavfli? Va nega mutaxassislar bolalarni qizamiqqa qarshi o‘z vaqtida emlatishni tavsiya qilmoqda?
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida:
<iframe width="420" height="640" src="https://www.youtube.com/embed/3StnQt8lG8M" title="Qizamiqqa qarshi emlanmaslik og`ir asoratlarga sabab bo`ladi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, O.Davronov, U.To‘xtayev, O‘zA