Qadriyatlar va taraqqiyot uyg‘unlashgan maskan
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Nurota tumani markazida joylashgan “Mirishkor” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘zining boy tarixi, ahil aholisi va obod muhiti bilan ajralib turadi. 1970-yilda tashkil etilgan mahallada bugungi kunda 524 ta xonadonda qariyb 3 ming nafar aholi istiqomat qilmoqda.
Mahallada turli millat vakillari o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitida yashab, yurt taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida mehnat qilmoqda. Ana shu ahillik va bag‘rikenglik mahallaning eng muhim qadriyatlaridan biri sanaladi.
So‘nggi yillarda aholi turmush darajasini yuksaltirish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahallada qator ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tashkil etildi. Savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlari, tikuvchilik sexlari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari aholi bandligini ta’minlash va mahalla iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
[gallery-30023]
Mahallada qishloq xo‘jaligi ham izchil rivojlanmoqda. Xususan, “Nur tomorqa” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlar ichki bozorni ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, asalarichilik ham aholi uchun daromad manbalaridan biriga aylangan. Bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan bir qator oilalar samarali mehnat qilib, yuqori natijalarga erishmoqda.
Qadimiy qadriyatlar va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unlashgan Mirishkor mahallasidagi obodlik, osoyishtalik va hamjihatlik yurtdoshlarimiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA