Polina Kudermetova Pekin kortlarida porlamoqda
Xitoyning Pekin shahrida ayollar o‘rtasida davom etayotgan WTA 1000 turkumiga kiruvchi “China Open — 2026” xalqaro turnirida Polina Kudermetova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Nufuzli musobaqaning yakkalik bahslarida Polina Kudermetova qur’a natijasiga ko‘ra, mirslik Mayar Sherif bilan birinchi bosqichda to‘qnashishi kerak edi. Biroq, Mayar noma’lum sabablarga ko‘ra, musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi. Natijada Polina ilk davrada xitoylik Yesin Ma bilan kuch sinashdi va 6:7, 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Endi tennischimiz “China Open — 2026” turnirining ikkinchi bosqichida daniyalik Klara Tauson bilan kuch sinashadi.
Mazkur musobaqadagi yana bir vakilimiz Kamilla Rahimova ilk davrada ispaniyalik Marina Bassols Riberaga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv erataga mamlakatimiz vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA