Para dzyudochilarimiz jahon kubogini 9 ta medal bilan yakunladi
Gruziyaning Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogining ikkinchi kungi bellashuvlari ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Quvonarlisi, unda Dovurxon Karomatov (J2, 95 kg) barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Turg‘un Abdiyev (J1, 95 kg), O‘lmas Rayimov (J1, +95 kg), Fotima Toirova (J1, 60 kg), Feruza Ergasheva (J1, +70 kg) va Mohinur Parmonova (J2, +70 kg) bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jahon kubogini 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 9 ta medal jamg‘argan holda yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA