O‘zbekiston–Xitoy strategik sherikligi yangi bosqichda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Ushbu muloqot davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilayotgani qayd etilib, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, xalqaro masalalarda umumiy qarashlarni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.






O‘zA