O‘zbekiston va Rossiya: strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Oliy Majlis Senatida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish hamda parlamentlararo aloqalar samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar mamlakat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch, ochiq va konstruktiv muloqot orqali izchil taraqqiy etib, yangi bosqichga ko‘tarilayotganini alohida ta’kidladi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashgani, o‘zaro tashriflar, qo‘shma tadbirlar va doimiy muloqot mexanizmlari ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotir.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, atom energetikasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan yirik qo‘shma tashabbus va loyihalar O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqmoqda.
Ayniqsa, hududlararo sheriklik doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Ayniqsa, hududlararo sheriklik doirasida hayotga tatbiq etilayotgan qo‘shma loyihalar iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalar oqimini ko‘paytirish va aholi farovonligini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shayotgani qayd etildi.
Muloqot yakunida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, parlamentlararo hamda hududlararo aloqalarni kengaytirish bo‘yicha yaqin va samarali hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
N.Abduraimova, O‘zA