O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlari ekspertlar nigohida (+video)
“Dunyoga nazar” tahliliy dasturi
Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan O‘zbekiston va Tojikistonni nafaqat geografik yaqinlik, balki mushtarak tarix, din, ma’naviy qadriyatlar va birodarlikning o‘ziga xos rishtalari bog‘lab turadi.
Asrlar mobaynida yonma-yon, bir oila a’zolaridek, ahil-inoq yashab kelayotgan o‘zbek va tojik xursandchilikda ham, g‘am buluti soya tashlaganda ham doimo birga bo‘lgan. Sodda qilib aytganda, o‘zbek va tojik millatini dutorning ikki toriga qiyoslash mumkin.
Bugungi kunda samarali, o‘zaro manfaatli O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi ikki xalqning uzoq muddatli manfaatlariga mos kelishi barobarida Markaziy Osiyodek keng qamrovli mintaqada tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
- O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlarida ijobiy o‘zgarishlarning asosiy sabablari va “burilish nuqtasi” nimada?
- Ikki o‘lka hamkorligi Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlariga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
- Yangi transport koridorlari mamlakatlarimiz uchun qanday strategik ahamiyatga ega?
- Xalq diplomatiyasi va madaniy almashinuv dasturlari ikki davlat munosabatlarini mustahkamlashda qanday rol o‘ynamoqda?
O‘zA ushbu savollarga atroflicha javob olish orqali muhim jarayonlarni xolis baholash, O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarining bugungi holati, shuningdek, o‘lkamiz tashqi siyosatida kuzatilayotgan asosiy tendensiyalar, muhim diplomatik qadamlar, strategik hamkorlikning mamlakat taraqqiyotiga ta’siri xususida fikrlashish uchun ekspertlarni suhbatga chorladi.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Jwes3v34-0U" title="O`zbekiston – Tojikiston munosabatlari ekspertlar nigohida " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘tkir ALIMOV, Iskandar ISMATOV (videomuhandis), O‘zA