O‘zbekiston "Men professionalman" xalqaro fan olimpiadasida g‘olib chiqqan yagona xorijiy davlat bo‘ldi
Moskvaning "Rossiya" milliy markazida "Men professionalman" xalqaro talabalar olimpiadasi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Oliy mukofot – oltin medal bilan MISIS Olmaliq filiali talabasi Daniil Yermakov taqdirlandi.
Uning g‘alabasi O‘zbekiston xalqaro akademik hamkorligi va yoshlarni kasbiy tayyorlash milliy tizimi yuqori cho‘qqilarni zabt etayotganining yorqin namunasidir. G‘olibga mukofotni filial direktori Farhod Umarov topshirdi.
O‘zbekistonning ushbu keng miqyosdagi fan musobaqasida ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yagona xorijiy davlat bo‘lgani alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu yutuq olimpiadaning xalqaro ishtirok uchun ochiqligini va Hamdo‘stlik davlatlarning ta’lim tizimlarida tarbiyalanayotgan iste’dodlarning yuqori darajasini ko‘rsatadi.
– D.Yermakovning g‘alabasi intellektual musobaqalar yoshlarni birlashtirib, umumiy kasbiy makonni shakllantirishiga misol bo‘la oladi, – deydi filial direktori Farhod Umarov.
M.Qosimova, O‘zA