Özbekiston mayiz eksportida dunyoda yettinçi öringa kötarildi
Özbekiston mayizi jahon bozorida öz mavqeini mustahkamlamoqda. 2026-yilning dastlabki olti oyida 57 mamlakatga 60 million dollarlik mahsulot eksport qilindi, bu ön yil içidagi sezilarli ösişni körsatadi.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Özbekiston 57 ta xorijiy mamlakatga 47,7 ming tonna mayiz eksport qildi. Uning qiymati 60 million dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 704,5 tonnaga köp. Özbek mayizining asosiy xaridorlari orasida Qozoğiston, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Eron, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Germaniya va Braziliya kabi mamlakatlar bor.
— Xalqaro bozorlarda mahsulot qadoğiga juda katta urğu beriladi, — deydi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi bölim boşliği örinbosari Şahzod Turğunboyev. — Bu yönalişda salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Samarqand, Navoiy va Toşkent viloyatlarida yetiştirilgan mayiz dunyoning 61 mamlakatiga eksport qilinmoqda. Özbekistondagi korxonalar eksportni qöllab-quvvatlaş böyiça faol iş olib bormoqda. Zamonaviy talablarga javob beradigan korxonalar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlab, mahsulotlarni jahon bozorlariga mos qadoqlasa, ular qöşilgan qiymat bilan sotiladi. Hozirda mahalliy işlab çiqaruvçi va eksportçi korxonalar kiçik qadoqlaş usuliga ötib, yangi bozorlarga muvaffaqiyatli kirib bormoqda.
Özbekistonning mayiz eksportidagi salohiyati xalqaro miqyosda ham eʼtirof etilmoqda. BMTning xalqaro savdo maʼlumotlar bazasi (UN Comtrade) maʼlumotlariga köra, mamlakatimiz mayiz eksporti böyiça dunyoda yettinçi örinni egallagan. Bugungi kunda quritilgan mahsulotlarning xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi talablariga mos kelişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa Özbekistonning quritilgan mahsulotlarini yuqori qiymatli bozorlarga olib çiqiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Sanjar Toşpölatov,
Anvar Ahmedov,
ÖzA