Muammoli kreditlar hajmi 25 trln sömdan oşdi (+video)
Markaziy bank maʼlumotlariga köra, 2026-yil 1-oktabr holatiga tijorat banklarining jami kredit portfeli 659 trln sömni taşkil qildi. Bu yil boşidan beri jami kreditlaş hajmi qariyb 55 trln sömga yoki 9,1%ga oşganini bildiradi.
Şu davrda muammoli kreditlar (NPL) hajmi 18,1 trln sömdan 25,0 trln sömga yetgan. Natijada bank tizimi böyiça NPL darajasi 3,0%dan 3,8%ga kötarilgan.
Yaʼni muammoli kreditlar yil boşidan 38,7%ga oşib, jami kredit portfeliga nisbatan tört baravardan tezroq ösgan. Sentyabr oyining özida muammoli kreditlar 1,0 trln sömga köpaygan.
Davlat uluşi mavjud banklarda muammoli kreditlar yil boşidan 12,8 trln sömdan 16,9 trln sömgaça oşgan va NPL darajasi 3,2%dan 4,0%ga kötarilgan.
Xususiy va boşqa banklarda esa muammoli kreditlar hajmi 5,2 trln sömdan 8,1 trln sömga yetgan hamda NPL darajasi 2,6%dan 3,5%gaça oşgan.
M.Turdaliyeva, I.Ismatov. ÖzA