O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti faoliyati bilan tanishdi
Tojikistonda o‘tkazilgan ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari III forumi doirasida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi. Bu haqda “Xovar” Milliy axborot agentligi xabar bergan.
Mehmonlarga oliygohning ta’lim, ilmiy va infratuzilmaviy salohiyati, shuningdek turizm, tadbirkorlik, iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tajribasi xususida batafsil ma’lumot berildi.
Universitet faoliyatida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani alohida ta’kidlandi. Xususan, mintaqadagi oliy ta’lim muassasalari, jumladan O‘zbekiston universitetlari bilan aloqani chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi. Ayni jarayon tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirish hamda birgalikda mehnat bozori talabiga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni taqozo qiladi.
D.Hakimov, O‘zA