Otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv
Poytaxtimizda FVV tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan hududlarda bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Унда tizimdagi yoshlar, otaliqqa olingan, volontyor va uyushmagan yoshlar faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdi.


Samimiy va ochiq muloqotlar davomida yoshlarning intilishlari, orzu-maqsadlari hamda kelgusidagi rejalari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish, ularning ijtimoiy faolligi hamda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi.
G.Boboyeva, O‘zA