Osiyo chempionatida tarixiy natija qayd etildi
Tailandda suv sporti turlari bo‘yicha yosh toifalari o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining ilk kunida sportchilarimiz 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Osiyo chempionatining suvga sakrash dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Amal Mavlonov va Timur Boychabayev platformadan sinxron sakrash dasturida 211,41 ball to‘plab, bronza medaliga ega chiqdi.
E’tiborlisi, Amal Mavlonov va Timur Boychabayev qo‘lga kiritgan bronza medal O‘zbekiston terma jamoasining suv sporti turlari bo‘yicha yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionatidagi ilk sovrini ekani bilan ahamiyatli.
Shuningdek, Amal Mavlonov/Abdulboriy Ibragimov juftligi A/B yosh toifasida 3 metrlik tramplindan sinxron sakrash dasturida 210,78 ball bilan terma jamoamiz hisobini yana bitta bronza medali bilan boyitdi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA