Osiyo chempionatida og‘ir atletikachilarimiz yana 4 medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni yana 4 taga ko‘paydi.
Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi”da og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-75 kilogramm vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida ishtirok etgan Tohir Turobov dast ko‘tarish dasturida kumush medal bilan taqdirlandi. U ikki kurash yakunlariga ko‘ra bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Yoshlar o‘rtasida mazkur vazn toifasida bahs olib borgan Nurillo Davlatboyev esa dast ko‘tarish va ikki kurash dasturlarida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA