O‘zbekistonning go‘zal manzaralari
Samarqand viloyatining Urgut va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovoni yurtimizning go‘zal tabiati manzaralari aks etgani bilan ajralib turadi.
Samarqand viloyatining Urgut va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovoni yurtimizning go‘zal tabiati manzaralari aks etgani bilan ajralib turadi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar tufayli ushbu maskanda ekoturizmni keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dovon bo‘ylab yo‘l chetlarida dam olish joylari, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, sanitariya xonalari, ma’lumotlar taxtasi tashkil etilayotir.




