Oʻzbekistonda meʼmoriy tuzilishi jihatidan oʻxshashi yoʻq masjid haqida eshitganmisiz?
Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Niyoz Muhammad Oxund bobo” jome masjidining umumiy maydoni 3,5 gektarni tashkil etadi.
OʻzA arxividan maxsus fotoreportaj
Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Niyoz Muhammad Oxund bobo” jome masjidining umumiy maydoni 3,5 gektarni tashkil etadi.
2018-yil qurib bitkazilgan mazkur masjidda 4000 nafar namozxon uchun zarur boʻlgan barcha sharoit yaratilgan. Masjid chorburchak shaklida boʻlib, uning qishki namozxonasi tepasida mahobatli gumbaz qad rostlagan. Shuningdek, balandligi 47 metr boʻlgan minora ham bor. Bu masjidning meʼmoriy tuzilishi jihatidan Oʻzbekistonda oʻxshashi yoʻqdir.



