OʻzA maxsus muxbirlari Soʻxda
“Qalʼa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Janobiddin Kamolov salkam 40 yildan buyon asalarichilik bilan shugʻullanadi.
Eng toza va shifobaxsh asal tayyorlanmoqda
“Qalʼa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Janobiddin Kamolov salkam 40 yildan buyon asalarichilik bilan shugʻullanadi. Ayni kunlarda xonadonida 50 ta asalari oilasi parvarishlanyapti. Eʼtiborli jihati, bu asalni xaridori koʻp. Hatto Fargʻonaning boshqa hududlaridan buyurtma qilishadi. Buning sababini bilasizmi?
Soʻxning fusunkor tabiati va togʻlardagi tabiiy giyohlari asalarichilikda katta ahamiyatga ega. Janobiddin aka asosan asalarilarni togʻlarda parvarishlaydi. Uning bir odati asalga shakar aralashtirmaydi. Toza, totli va shifobaxsh asal esa ming dardga davo. Biz bu neʼmatni narx navosiga qiziqdik.
Bir kilogramm asal 60 ming soʻmdan 100 ming soʻmgacha sotilarkan.
-Ob- havoga qarab bir yilda 600 kilogramgacha asal olamiz, - deydi Janobiddin aka. - Bu oʻrtacha 50 million soʻm oilaga daromad bor degani. Soʻxda asalarichilik uchun imkoniyat bor. Ammo juda kamchilik bu ish bilan shugʻullanadi.
Ha, tumanda koronavirus pandemiyasi taʼsirida koʻpchilik ishsiz va daromadsiz qoldi. Shu bois mahallalarda tomorqadan samarali foydalanish, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish kun tartibiga chiqdi. Mana bunday oilalar esa boshqalarga ibrat boʻla oladi.