Nukus - Atirau - Nukus yönalişida muntazam aviaqatnovlar yölga qöyilmoqda
Joriy yilning 29-noyabr sanasidan boşlab Nukus va Qozoğistonning Atirau şahri örtasida muntazam aviaqatnovlar amalga oşiriladi.
Qozoğistonning ğarbiy qismida, Kaspiy dengizining şimoli-şarqiy sohilida, Ural daryosi böyida joylaşgan, Yevropa va Osiyo qitʼalari örtasidagi hudud hisoblangan Atirau şahriga parvozlar har hafta yakşanba kunlari taşkil etiladi.
Yangi aviaqatnov Özbekiston va Ğarbiy Qozoğiston örtasidagi transport aloqalarini yanada qulaylaştiriş, yölovçilar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.
Aviaçiptalarni booking.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways mobil ilovasi, aviakompaniyaning savdo filiallari hamda rasmiy agentliklari orqali xarid qiliş mumkin.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri