Norin tumanida yangi xizmat ko‘rsatish ko‘chasi barpo etilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanidagi Cho‘ja—Haqqulobod yo‘nalishida joylashgan Norinkapa mahallasida aholiga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, mahallada tashkil etilgan 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasida bir qator zamonaviy savdo do‘konlari ish boshladi. Mazkur savdo nuqtalarida xaridorlarga sifatli qurilish materiallari, interer uchun zamonaviy yechimlar hamda turli xil mahsulotlar taklif etilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov mazkur xizmat ko‘rsatish ko‘chasida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, faoliyatni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmat turlarini ko‘paytirish hamda savdo va servis sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
[gallery-30236]
Ayni paytda Norinkapada barpo etilayotgan 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasi nafaqat aholi uchun qulay va zamonaviy servis muhitini yaratish, balki kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallaning iqtisodiy faolligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA