Netflix’da Joze Mourinyo haqida yangi hujjatli film namoyish etiladi
Film zamonaviy futbolning eng buyuk murabbiylaridan biri hisoblangan portugaliyalik mutaxassisning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan.
Netflix platformasida 11-avgust kuni "Joze Mourinyo. Maxsus" nomli hujjatli filmning premyerasi bo'lib o'tadi, deya xabar berdi xizmatning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi. Film zamonaviy futbolning eng buyuk murabbiylaridan biri hisoblangan portugaliyalik mutaxassisning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan.
Loyiha ijodkorlari Mourinyo faoliyatining ilgari noma'lum bo'lgan epizodlari, shuningdek, mashhur futbolchilar bilan eksklyuziv intervyularni taqdim etishni va'da qilishmoqda. Ishtirokchilar qatoriga ser Aleks Fergyuson, Jon Terri, Iker Kasilyas, Zlatan Ibragimovich, Dide Drogba, Marselo, Samuel Eto'O, Xavier Zanetti, Frenk Lempard va Petr Chex kiritilgan.
Film Mourinyoning asosiy muvaffaqiyatlari, uning mojarolari va afsonaviy o'yinchilar bilan munosabatlari, shuningdek, qanday qilib "The Special One" (Maxsus) laqabini olgani haqida hikoya qiladi.
2026-yil 11-iyun kuni Madridning "Real" klubi Joze Mourinyoni bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganini rasman e'lon qilgandi. U bilan tuzilgan shartnoma 2029-yilning iyunigacha mo'ljallangan.