Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi: Argentinaning o'yini futbol emas
Avvalroq Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rudi Fyoller Shimoliy Amerikada bo'lib o'tgan 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina milliy jamoasining o'yini haqida fikr bildirdi.
«Biz himoyada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Kimdir Argentina himoyasini namuna qilib ko'rsatadi, biroq men uchun bu yomon namuna. Germaniyaning Argentina kabi o'ynashini istamayman. Bunda futbolga aloqador hech narsa yo'q. Bu jamoani nima uchun maqtashlarini tushuna olmayman», — deya funksionerning so'zlarini keltiradi Bild.
Avvalroq Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Yaqinda bo'lib o'tgan JCh-2026 da "bundestim" halokatli natija ko'rsatdi. Jamoa 1/16 final bosqichida Paragvayga imkoniyatni boy berib (1:1, penaltilar seriyasida 3:4), musobaqani tark etgandi.