“Navoiyuran” navbatdagi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi
“Navoiyuran” davlat korxonasida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini xalqaro standart talabi asosida takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda ushbu korxona ISO 37001:2025 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standarti joriy etilganligi to‘g‘risidagi sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Mazkur tizim joriy etilishi doirasida korxona faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash, baholash va bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda joriy yilning o‘tgan davrida faoliyatning 240 funksiyasi tahlil qilinib, korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi baholandi.

Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni kamaytirish va muammolarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqilib, tegishli vazifalar vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmini kuchaytirish, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa korrupsiyaviy holatlar xavfini barvaqt aniqlash hamda salbiy oqibatning oldini olishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari “Navoiyuran” DKda ISO 37301:2021 “Komplayens menejment tizimi” xalqaro standarti ham joriy etilgan. Mazkur amaliyot korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro talablarga asoslangan samarali boshqaruv tizimi shakllanayotganining muhim ko‘rsatkichidir.
“Navoiyuran” DK matbuot xizmati