Navoiyda yana bir muqaddas maskan obod etildi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Madaniyat mahallasida joylashgan “Jaloyir” jome masjidi homiylik asosida qayta rekonstruksiya qilinib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy qiyofa kasb etgan masjid bir vaqtning o‘zida qariyb 4 ming nafar namozxonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Masjid husniga husn bag‘ishlab turgan minoralar 35 metr balandlikda barpo etilgan.
Masjid hududida XVI asrda yashab o‘tgan tabarruk zot — Sobir xo‘ja Avliyo maqbarasi ham joylashgan bo‘lib, ushbu maskan nafaqat ibodatgoh, balki ma’naviyat va tarixiy meros timsoli sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.
[gallery-29432]
Ochilish marosimida viloyat bosh imom-xatibi T. Atoyev ishtirok etib, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, muqaddas qadamjolarni obod etish va aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida fikr bildirdi.
Tadbir davomida nuroniylar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari masjidning qayta ta’mirlanishi xalqimizning birdamligi, saxovati va ezgu qadriyatlarining yana bir yorqin namunasi ekanini ta’kidladi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA