“Navbahor”- U-21 jamoasi «Farg‘ona viloyati hokimi kubogi» musobaqasi g‘olibi bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Farg‘ona viloyati hokimi kubogi» musobaqasida jami 12 ta jamoa 3 ta guruhga bo‘linib, bosh sovrin uchun 10 kun davomida o‘zaro kuch sinashdi.
Toshloq tumanidagi markaziy o‘yingohda o‘tgan final uchrashuvida Bag‘dod tumanining «Bog‘dodchi» hamda “Navbahor”- U-21 jamoalari murosasiz bahslarga kirishdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan hal qiluvchi o‘yinda namanganlik yoshlar Zulfiqor Akbarov tomonidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi va chempionga aylandi.
[gallery-21838]
Uchrashuvdan so‘ng musobaqa ishtirokchilarini taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov g‘oliblarni yana bir bor qutlab, barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda omad va zafarlar tiladi.
G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA