Taekvondochilarimizning Rim Gran-prisidagi taqvimi aniq bo‘ldi
Joriy yilning 5–7-iyun kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida taekvondo WT bo‘yicha nufuzli G6 toifasidagi Rim Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Uch kun davom etadigan bahslarga mashhur “Foro Italico” sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi erkaklar o‘rtasida 4 ta, ayollar o‘rtasida esa 3 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi. Mamlakatimiz sharafini jami 9 nafar sportchi himoya qiladi.
Terma jamoamizning musobaqadagi ishtirok taqvimi quyidagicha:
5-iyun
57 kg: Madina Mirabzalova
67 kg: Ozoda Sobirjonova
80 kg: Jasur Jaysunov.
6-iyun
+67 kg: Svetlana Osipova
68 kg: Diyorbek To‘xliboyev
68 kg: Najmiddin Qosimxo‘jayev
+80 kg: Marat Mavlonov
+80 kg: Yodgorbek Jo‘raboyev.
7-iyun
58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev.
Rim Gran-prisi jahon reytingi uchun muhim reyting ochkolari taqdim etadi.
Shu bois mazkur musobaqa sportchilarning xalqaro reytingdagi o‘rnini yaxshilash hamda kelgusi nufuzli startlarga tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA