Namanganda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining sayyor qabuli tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 95-maktabda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar va tadbirkorlar ishtirok etib, ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda murojaatlarini bildirdilar.
[gallery-30075]
Sayyor qabul davomida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, ta’lim muassasalarida qo‘shimcha o‘quv binolarini qurish va ularni zamonaviy jihozlash, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, pedagoglarning mehnat munosabatlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, kelib tushgan murojaatlarning aksariyati vazirlik mutasaddilari va hududiy rahbarlar ishtirokida joyida o‘rganilib, ular yuzasidan amaliy yechimlar belgilandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA