Namanganda energiya samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Namangan viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Davlatobod tumanida sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab viloyat hokimi “Milliy elektr tarmoqlari” AJ Namangan magistral elektr tarmoqlari filialida bo‘lib, elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlari, shuningdek, dispetcherlik boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlarini boshqarish tizimi va olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
[gallery-30624]
Shuningdek, Davlatobod tumanida 2026-yilda energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar taqdimoti namoyish etildi. Unda elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik energiyasi sarfini tejash, texnik yo‘qotishlarni qisqartirish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda iste’molchilarni barqaror energiya bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, amalga oshirilayotgan ishlar energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tarmoqlar samaradorligini oshirish va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA